Sirdaryoda terrorchilik g‘oyalarini tarqatgan 9 nafar shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida internet tarmog‘i orqali terrorchilik g‘oyalarini tarqatgan 9 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.

Tezkor ma’lumotlarga qaraganda, ushbu shaxslar ijtimoiy tarmoqlar orqali aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan audio-video materiallarni tarqatib kelishgan. Ular kelgusida Suriya davlatiga “hijrat” qilib, ushbu terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Boyovut tumanida tug‘ilgan O.D. va I.M. jamoat yetakchisi sifatida jamiyat uchun zararli g‘oyalarni tarqatish, qolgan a’zolarni o‘zaro biriktirish vazifasini bajarib kelgan.

Qayd etilishicha, tezkor tadbirlar davomida ular yashaydigan manzillarda terrorchilik tashkilotiga a’zolik bo‘yicha daliliy ashyolar qo‘lga kiritilgan. Holat yuzasidan jami 9 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Xivada xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi bo‘lgan guruh ushlangan haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing