Sirdaryoda tarvuz ortilgan yuk avtomobili daraxtga urildi. Qurbon bor (video)

3-sahifa

image

Bugun, 23 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida “Gaz-53” yuk avtomobili daraxtga kelib urildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yuk avtomobili Samarqand–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan. Tongi soat 6:00 da yo‘l torligi va haydovchi charchoqdan uhlab qolib, boshqaruvni yo‘qotishi sababli yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda avtomobil salonidagi yo‘lovchi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan, haydovchi esa voqea joyida vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i munosabat bildirgan. Uning aniqlik kiritishicha, hodisa yuz bergan vaqtda yo‘l qoplamasi quruq bo‘lgan. Shuningdek, yo‘l muhofazalovchi temir-beton to‘siqlar bilan ajratilgan, yotiq yo‘l chiziqlari chizilgan hamda yo‘l sun’iy yoritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing