Sirdaryoda mahkumni koloniyadan chiqarishni va’da qilgan firibgar aniqlandi
3-sahifa
−
12 mart 2022
4458Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida mahkumlarni ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.P. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning Jizzax viloyatida joylashgan manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan tanishlari, mahkumlar O. va X.ni kafillik to‘lovi orqali ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan. Bu xizmati evaziga u 136 mln so‘m pulini plastik kartaga o‘tkazish orqali qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi