Sirdaryoda “kattakonlar” orqali kredit olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
17 iyul 5451 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatida imtiyozli kredit ajratib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.X. va boshqalar fuqarolar S.M. va M.X.ning ishonchiga kirgan. Shundan so‘ng ularga 40 mln so‘m evaziga gӯyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 400 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 20 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 3 mln AQSH dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi