Sirdaryoda “qarg‘aydigan” YPX xodimiga nisbatan tekshiruv boshlandi
Jamiyat
−
08 fevral 2021
17888Ijtimoiy tarmoqda “Sirdaryoda qarg‘aydigan GAI xodimi” sarlavhasi ostida video tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, videoda Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi haydovchi bilan o‘zaro muloqot vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrda 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Ichki ishlar vazirining me’yoriy buyrug‘i talablaridan chetga chiqqanligi holati aks etgan.
Mazkur video lavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
YHXBB tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi