Sirdaryoda qahramonlik ko‘rsatgan yigit vazirlikka ishga olinadi
Jamiyat
−
09 iyul 2023
47557Joriy yilning 6 iyul kuni 21 yoshli Saidislombek Abdulqosimzoda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalida ona va bolani cho‘kayotganini ko‘rib qolib, ularni suvdan qutqarib qolgandi. Fuqaro Saidislombek Abdulqosimzoda shahar hokimligi tomonidan ko‘rsatgan qahramonligi inobatga olinib, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ishga taklif qilindi. Bu haqda Yangiyer shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, ona va bola qutqarib qolinganidan keyin Sirdaryo viloyati hokimi va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ulom Muxamedov ularning xolidan xabar olib, Saidislombek va uning otasi bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida Saidislombekka viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining "Faxriy yorlig‘i" topshirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan. Shuningdek, unga Favqulodda vaziyatlar vazirligida ish taklif qilingan.
"Imtihonga tayorlanish uchun har kuni kanal atrofiga yugurgani chiqaman. Cho‘kayotganlarini ko‘rgan zahotim xayolimda, faqat, tezroq ko‘maklashish bo‘ldi. O‘zim ham cho‘kishimga oz qoldi", deydi Saidislombek.
O‘z navbatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Saidislombekning ko‘rsatgan qahramonligi uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyat tilab qolgan.
LiveBarchasi