Sirdaryoda favqulodda vaziyat hududida qolib ketgan odamlar vertolyot yordamida qutqarildi
Jamiyat
−
05 may 2020
4632Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot aviatsiyasi navbatdagi parvozni amalga oshirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.
Podpolkovnik Rahimjon Ergashev, kapitan Farhod Sharipov va kapitan Muzaffar Mamatovlardan iborat ekipaj a’zolari favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarning borish qiyin joylarida razvedka-qidiruv ishlarini amalga oshirdi.
Qidiruv davomida topilgan ikki kishini qutqarilgan. Ushbu fuqarolar zudlik bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Mudofaa vazirligining harbiy mobil tibbiy markaziga olib kelingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolardan biri 1985 yilda tug‘ilgan Erkin Omonov bo‘lib, bir oyog‘i jarohatlangan. Ikkinchisi 1996 yilda tug‘ilgan Fayzullo Qodirovning tana harorati ko‘tarilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu bemorlarga Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida zarur tez tibbiy yordam muolajalarini ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi