Sirdaryoda “Elektroset” boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
09 iyun 2022
6398Sirdaryoda tadbirkordan pora talab qilgan Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sayxunobod tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.N. (muqaddam Jinoyat kodeksining 167 va 205-moddalari bilan sudlangan) “S.X.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshirishda aniqlangan 21 mln so‘m zararni bazaga kiritmaslik masalasini hal qilib berish evaziga MCHJ rahbari Sh.dan 7 mln so‘m pora talab qilgan.
G‘.N. tadbirkordan talab qilingan puldan 1 mln so‘mini qo‘lga kiritib, qolgan 6 mln so‘mini Sayxunobod tuman ETK ma’muriy binosida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi