Sirdaryoda elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryoda tadbirkorning qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Sirdaryo tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi O‘.T. tadbirkor Sh.ning savdo do‘konidagi elektr energiyasidan 5 million so‘m qarzdorligini tanishlari yordamida yo‘q qilib berishni va’da qilgan. 

O‘.T. yangi elektr hisoblagich o‘rnatib berish evaziga 2,5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida esa ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing