Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

3-sahifa

image

Kecha, 9 iyun kuni Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida chiyabo‘ri 4 kishiga hujum qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 17:30 larda Guliston tumanining “Ishonch” mahallasi dala chetiga yaqin hududida bitta chiyabo‘ri 4 nafar fuqaroga hujum qilgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda shu mahallada yashovchi fuqaro tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, yovvoyi hayvon zararsizlantirilgan va mavjud xavf bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, jarohat olgan fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning salomatligi tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lib, ahvoli qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan zarur o‘rganish va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Vaziyat mutasaddi idoralar nazoratida.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Guliston chiyabo'ri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing