Sirdaryoda chaqalog‘ini 10 ming dollarga pullayotgan ayol ushlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 may kuni Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida fuqaro E.Sh. chaqalog‘ini fuqaro R.G.ga 10 200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida Sirdaryo viloyati IIB va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

IIVning xabar berishicha, voqea joyida gumonlanuvchidan 10 200 AQSH dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

E.Sh.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing