Sirdaryoda bir necha millionlik kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” sotayotganlar ushlandi 

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Q. xaridor F.ga 150 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasini 12 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda M.Q.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi sherigi A.X. 600 dona “Tropikamid” dori vositasini 30 million so‘mga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing