Sirdaryoda ashaddiy firibgar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Sirdaryoda qurilish tashkilotlaridan birining ish boshqaruvchisi sodda ayolni chuv tushirdi. U aslida o‘zida yo‘q bo‘lgan uyni sotishga urinib, ayoldan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z manafaaati yo‘lida sarflab yuborgan.  Bu haqda shu viloyatning Mirzaobod tuman sudi raisi ma’lum qilmoqda. 

Aniqlanishicha, sudlanuvchi R.Asrorov ancha miqdordagi mulkni qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro G.Nosirovaning ishonchiga kirgan. Unga go‘yoki Mirzaobod tumani, Shifokorlar massivida ukasi T.Asrorov nomiga olingan namunali uyi mavjudligini aytgan. Yo‘q uyning bahosini 61.000.000 so‘m deya ma’lum qilgan. 

Fuqaro G.Nosirova unga ishonib 43.500.000 so‘m pullarni o‘z qo‘llari bilan fuqaroga bergan. Fuqaro ushbu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

“Holat bo‘yicha aybdorga JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, har oylik ish haqidan davlat hisobiga 20 foizdan undirish sharti bilan 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Bundan tashqari, sud hukmiga ko‘ra yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qaytarilib, jabrlanuvchining huquqlari tiklangan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing