Sirdaryoda 8 yashar qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Avvalroq, 2020 yilda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida yashovchi M.Z. ismli shaxs 8 yasharni qizni maktab hojatxonasida zo‘rlamoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.Z.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismida nazardat tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, 2020 yil 14 avgustda M.Z.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Jinoyat ishi yuzasidan  Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan olib borilgan tergov harakatlari oradan bir yil vaqt o‘tib yakunlandi . Unga ko‘ra ushbu jinoyatni sodir etgan M.Z. ismli shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 iyun kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman sudida bo‘lib o‘tgan yopiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan aybdor deb topilib, 10 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, jinoyatchi M.Z. ismli shaxs appelyatsiyaga berish huquqiga ega. Appelyatsiyaga bergan taqdirda ushbu jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

600

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing