Sirdaryoda 7 ta hokimga hayfsan berildi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatida 2 ta shahar va 5 ta tuman hokimi, bitta tashkilot hamda bitta boshqarma boshliqlari hayfsan oldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayevning joriy yil 12 avgustda imzolagan qaroriga ko‘ra, Guliston shahar hokimi To‘lqin Dadaboyev, Yangiyer shahar hokimi Elyor Xo‘jayev, Sardoba tumani hokimi Abduazim Xidirov, Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Yariyev, Sirdaryo tumani hokimi Botir Mirzaqulov, Sayhunobod tumani hokimi Farruh O‘ktamjonov, Oqoltin tumani hokimi Dilmurod Fozilovga hayfsan berilgan.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati hokimligining qurilish bo‘yicha “Yagona buyurtmachi xizmati” IK rahbari Sh. Abdullayev, Sirdaryo viloyati xalq ta’lim boshqarmasi boshlig‘i O.Donaboyevga ham hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, mazkur intizomiy choralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va xalq qabulxonalari orqali, idoralar, davlat ishtirokidagi tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing