Sirdaryoda 6400 dollarga 3 kishini o‘qishga kiritib qo‘yganini aytib, soxta hujjat berganlar ushlandi

Jamiyat 2687
image
-

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlarning kirdikorlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Xovos tumanida yashovchi fuqaro O.A.  va boshqalar oldindan til biriktirib, 3 nafar fuqaroni Guliston davlat universitetida ishlovchi “Sh.”ismli tanishi orqali universitetning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga ularning 6 400 AQSH dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Bundan tashqari, fuqaro Z.A.ga 3,5 million so‘m va U.M.ga 9,1 million so‘m pulni “kontrakt to‘lovlari” uchun to‘latib, ularga talabalar safiga qabul qilingani to‘g‘risida soxta buyruqlarni taqdim etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 99
Reyting: 3.2
t
×