Sirdaryoda 30 yoshli qizni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan odamfurush ushlandi
Jamiyat
−
19 aprel 2021
4139Sirdaryo viloyatida Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan 30 yoshli qizni Turkiyaga fohishalik qilish uchun yuborayotgan odamfurush ushlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Sirdaryo viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Guliston shahar IIO FMB TEQKB xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyati yuzasidan tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida 1983 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro D.T. 1991 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, turmushga chiqmagan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro N.K.ni Spark avtomobilida Toshkent shahridagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaning Antaliya shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi