Sirdaryo tumaniga ham hokim tayinlandi
Jamiyat
−
28 fevral
5064Bugun, 28 fevral kuni Sirdaryo tumani Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Azizbek Mahammadqul o‘g‘li Turdimurodov Sirdaryo tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ishtirok etayotgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Deputatlar tomonidan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Azizbek Turdimurodov nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Ma’lumot o‘rnida Azizbek Turdimurodov 1994 yil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan. 2019 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2022 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tamomlagan. Mutaxassisligi axborot texnologiyalari va servis, loyihalarni boshqarish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimjon O‘rozaliyevich Jo‘rayev Guliston tuman hokimi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi