Sirdaryo prokurori lavozimidan bo‘shatildi
Jamiyat
−
14 mart 2023
10000Bosh prokurorning 10 mart kunidagi buyrug‘iga asosan Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" nashri xabar berdi.
U qanday sabab bilan ishdan bo‘shatilgani ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Sanjar Mavlonov bu lavozimga 2022 yil 30 aprel kuni tayinlangan edi.
Sanjar Mavlonov mehnat faoliyatini 2006 yilda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchilikdan boshlagan. Keyinchalik tuman prokuraturasi tergovchisi, Toshkent viloyati prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Yangiyer shahar prokurori, Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019 yildan 2022 yilning 30 apreliga qadar Toshkent shahar Shayhontohur tumani prokurori lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi