Singapurda “aqlli” ekoshahar quriladi 

Olam

image

Singapurda 42 ming uydan iborat "aqlli" Tengah ekoshahri quriladi. Unda joylashgan kvartiralar narxi 81 ming dollardan boshlanadi. 

Birinchi binolarni 2023 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan, ular atmosferaga chiquvchi uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha loyihaning bir qismiga aylanadi. 

Ekoshahar umumiy maydoni 700 gektar bo‘lgan sobiq g‘isht zavodi o‘rnida joylashgan beshta tumanni qamrab oladi. 

Loyiha mualliflari uni kelajakda ko‘kalamzorlashtirish va maydonlarning mo‘lligi uchun "o‘rmon shaharchasi" deb atashgan. 

Ekoshahar harakat sensori, avtomatik axlat yig‘ish, shuningdek, aholining atrof-muhitga jamoaviy ta’siri haqida ma’lumot berib turuvchi, uylarga o‘rnatiladigan raqamli displeylardan iborat bo‘ladi. 

Unda o‘rnatiladigan markazlashtirilgan konditsioner esa global issiqdan saqlanishga yordam beradi. 

Aholi shahar atrofida faqat velosiped yoki elektr mashinada harakatlanishi mumkin bo‘ladi, ular uchun quvvat olish stansiyalari joylashtiriladi. 

Singapur Uy-joy kengashining tadqiqot va rejalashtirish guruhi direktori Chun Fuk Lun shahar ko‘chalari kelajak texnologiyasiga tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan. 

"Biz yo‘llar tarmog‘ini loyihalashda avtonom va o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomashinalar oddiy haqiqatga aylanadigan kelajakni bashorat qildik", degan u.


Maqola muallifi

Teglar

ekoshahar

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar