Sindzo Abe Yaponiya boshqa urushmasligini aytdi
Olam
−
15 avgust 2019
3283Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe o‘z mamlakatining Ikkinchi Jahon urushi paytida yo‘qotilgan tinchlik va farovonlikni qadrlashini va hech qachon bunday mojarolarda ishtirok etmasligig‘aqida gapirdi, deya xabar bermoqda MK.
Abe bu haqda bugun, 15 avgust kuni Tokioda taslim bo‘lishning 74 yilligiga bag‘ishlangan xotira marosimidagi nutqida ta’kidladi.
“Biz tarix saboqlarini chuqur eslaymiz va hozirgi tinchlik va farovonlikka sodiqmiz" dedi u. Abe shbu urushda taxminan 3 million yapon halok bo‘lganini, buning natijasida tinchlik va farovonlikka erishilganini ta’kidladi.
Yaponiya bosh vaziri, uning mamlakati "tinch hayot va umidlarga to‘la yangi davrni yaratish uchun" turli muammolarni hal qilib, xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ish olib borishini aytdi. Biroq, Abe Osiyo mamlakatlariga zarar yetkazgan tajovuz uchun Yaponiyaning javobgarligi haqida gapirmadi.
LiveBarchasi