Sianda 31 yil ichida ilk bor “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi
Jamiyat
−
17 may 2023
5352Xitoyning Sian shahrida 18-19 may kunlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sammitda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov, Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi. Sammit XXR Raisi Si Szinpin boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
Bu ushbu olti mamlakat rahbarining Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishganidan buyon 31 yil ichidagi ilk yuzma-yuz sammiti hisoblanadi.
Sammit davomida Si Szinpin nutq so‘zlashi, davlat rahbarlari Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishini ko‘rib chiqishi, “Xitoy-Markaziy Osiyo” mexanizmini yaratish, turli sohalardagi hamkorlik va o‘zaro manfaatli asosiy xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Shuningdek, davlat rahbarlari bir qator muhim hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.
Hozirga qadar Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev Sian shahriga yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqandda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi