Si Szinpin virusga qarshi kurashga harbiylarni safarbar qildi
Olam
−
29 yanvar 2020
15812Bugungi kunda Xitoy epidemiya palak yozgan, ulkan virusli hududga aylanib qoldi. Mamlakatda 2019-nCoV koronavirusidan halok bo‘lganlar soni kun sayin ortib boryapti.
Mamlakatda epidemiologik vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bugun, 29 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin harbiylarga murojaatida shu haqda ma’lum qildi. Uning nutqi Xitoy markaziy televideniyesi orqali namoyish etildi.
“Hozirgi kunda epidemiyaga qarshi kurash og‘ir va qiyinligicha qolmoqda. Butun armiya buyruqlarni eshitib, harakatlanishi va mas’uliyatni o‘ziga olishi, jon jahdi bilan epidemiya nazorati va profilaktikasi ishida faol yordam berishi kerak”, degan Si Szinpin harbiylarga qarata.
Ma’lumot uchun, Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lib, dunyoga tarqalayotgan yangi 2019-nCoV koronavirusidan bugungacha 132 kishi halok bo‘ldi. Xitoyda ushbu virusga chalinganlar soni 5974 nafarni, dunyoda esa 6062 nafarni tashkil etyapti.
Hozirgacha virus 16 ta davlatga kirib borgan. Bular, Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, BAA va Malayziya.
Sharipov Nurulloh
LiveBarchasi