Si Szinpin AQSHni dunyoni birgalikda qutqarishga chaqirdi
Olam
−
27 Oktabr 2022
8144Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin AQSHni hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 27 oktyabr kuni xalqqa murojaatida aytib o‘tgan.
“Dunyo tinchligini ta’minlash uchun ikki davlat bir-biri bilan kelishish yo‘llarini topishi kerak. Bugungi dunyo na tinch, na osoyishta. Qo‘shma Shtatlar va Xitoy xalqaro barqarorlikni ta’minlash uchun birgalikda harakat qilishlari kerak”, deydi Si Szinpin.
Xitoy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, dunyo qudrati sifatida Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi aloqa va hamkorlikning kuchayishi global barqarorlikni mustahkamlashga, butun dunyo bo‘ylab tinchlik va taraqqiyotga yordam beradi.
Shuningdek, Si Szinpin o‘z mamlakati ikki davlatning yangi davrda bir-biri bilan kelishib olishiga imkon beradigan yo‘llarni izlashda o‘zaro hurmat va tinch-totuv yashash sharoitida Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlagan.
“Bu nafaqat AQSH va Xitoyga, balki butun dunyoga foyda keltiradi”, deydi Xitoy Raisi.
Qayd etish kerakki, AQSH va Xitoy munosabatlari Tayvan masalasi sabab taranglashdi. Munosabatlardagi qarama-qarshilik AQSH Kongressi Vakillar palatasi raisi Nensi Pelosi va bir guruh amerikalik kongressmenlarning Tayvanga namoyishkorona tashriflaridan keyin keskin avj oldi. Qo‘shma Shtatlar Tayvan mustaqilligini rasman tan olmasa ham ayni paytda unga keng ko‘lamli yordam, jumladan, harbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
LiveBarchasi