Si Szinpin AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga umid bildirdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari vitse-prezidenti Kamala Xarris Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida Xitoy raisi Si Szinpin bilan qisqa uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oq uy rasmiysi xabar berdi.

Uchrashuvda Si Szinpin AQSH va Xitoy o‘rtadagi tushunmovchiliklarni kamaytirib, o‘zaro munosabatlar sog‘lom yo‘lga qaytarilishiga umid bildirdi.  
Shuningdek, Xitoy raisi 14 noyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan Balida bo‘lib o‘tgan uchrashuviga ham to‘xtalib, bu strategik va konstruktiv xarakterga ega bo‘lganini ta’kidladi.

“Prezident Bayden bilan uchrashuvimiz Xitoy–AQSH munosabatlarining keyingi bosqichi uchun katta yo‘naltiruvchi ahamiyat kasb etadi. Umid qilamanki, Xarris xonim bu borada faol rol o‘ynaydi”, deya qo‘shimcha qildi Si Szinpin.

Xarris o‘z navbatida, “AQSH Pekin bilan qarama-qarshilik yoki ziddiyatga intilmayapti, ikki tomon global muammolar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishi va o‘zaro aloqa kanallarini saqlab qolishi kerak”, deya fikr bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing