Shveysariyada paranji va niqob taqish taqiqlanmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Shveysariya fuqarolarining aksariyati jamoat joylarida musulmon ayollari uchun an’anaviy bo‘lgan paranji va niqob kiyishni taqiqlashni yoqlab ovoz berdi. Ommabop tashabbus natijalari haqida Shveysariyaning “Blick” kundalik nashri xabar bermoqda.

Bunday kiyimlarning taqiqlanishini yoqlovchilar ozgina farq bilan g‘alaba qozongan. Ovoz beruvchilarning 51,2 foizi taqiqni yoqlab chiqqan.

Ushbu tashabbusni konservativ Shveysariya Xalq partiyasi ilgari surgan. Taqiq nafaqat musulmonlar kiyimlariga, balki, futbol muxlislari va namoyishchilar kiyadigan balaklavalarga ham tegishli.  Uning tarafdorlariga ko‘ra, bu jinoyatchilikka qarshi kurashishda va yuzlarini yopishga majbur bo‘lgan ayollarni himoya qilishda yordam beradi.

Mamlakat fuqarolari ma’lum bir qarorga kelganligi sababli, tegishli konstitutsiyaviy qoidalar bugundan kuchga kiradi.  Biroq, endi mahalliy hokimiyat uni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.  Barcha Shveysariya kantonlari rahbariyati yuzni yopish bo‘yicha umumiy taqiqni joriy etishga majburdir, ular kerakli farmonlarni tayyorlash va qabul qilishlari uchun eng ko‘pi ikki yil bor. Referendumdan oldin bunday taqiq Ticino va Sent-Gallen kantonlarida allaqachon amalga kiritilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing