Shveysariyada koronavirusga qarshi emlangan 55 kishi vafot etdi
Olam
−
10 aprel 2021
4129Shveysariyada koronavirusga qarshi emlanganidan keyin 50 dan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda Shveysariya davlat farmatsevtika regulyatori xabar qilmoqda.
Regulyator vaktsinatsiyadan so‘ng shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida 1174 ta hisobotni ko‘rib chiqqan, ulardan 577 tasi Pfizer / BioNTech, 580 tasi Moderna vaksinasiga bog‘liq bo‘lib, 17 holatda vaksina nomi aniqlanmagan.
“55 ta holatda emlashdan so‘ng odamlar turli vaqt oralig‘ida vafot etdi. Ularning o‘rtacha yoshi 84 yoshni tashkil etgan va ularning aksariyati allaqachon og‘ir kasalliklarga chalingan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, har bir holat sinchkovlik bilan tahlil qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlarning o‘limiga yurak-qon tomir kasalliklari yoki o‘pka va nafas olish yo‘llari kasalliklari sabab bo‘lgan. O‘limga emlash sabab bo‘lganligi to‘g‘risida aniq dalillar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litvada koronavirusga qarshi emlangan 8 kishi vafot etgandi.
LiveBarchasi