Shveysariya YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalari yettinchi paketiga qo‘shildi

Olam

image

Shveysariya YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalari yettinchi paketiga qo‘shildi. Bu haqda bugun, 3 avgust kuni Shveysariya hukumati – Federal kengash ma’lum qildi. 

“Yangi chora-tadbirlar, birinchi navbatda, oltin va undan tayyorlangan mahsulotlarni Rossiyadan sotib olish, olib kirish yoki olib o‘tishni taqiqlash bilan bog‘liq. Bu tovarlar bilan bog‘liq xizmatlar ham taqiqlangan”, deyiladi xabarda.  

Hukumatga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik banki “Sberbank”ning aktivlari hozir muzlatilgan va ularga mablag‘, iqtisodiy resurslar yoki texnik xizmatlar ko‘rsatish taqiqlangan.

Federal Kengash qayd etishicha, Rossiyaga qarshi chora-tadbirlarning hech biri uchinchi davlatlar va Rossiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi yoki oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga qarshi qaratilgan emas. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 iyul kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan yettinchi sanksiyalar paketini ma’qulladi.

Unga Rossiyadan oltinni taqiqlash, yangi eksport nazorati va “Sberbank” aktivlarini muzlatish ham kiritilgan. Shuningdek, ro‘yxatdan 48 nafar shaxs, jumladan, Rossiya hukumati Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri va bir qancha mintaqaviy rahbarlar o‘rin olgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing