Shveysariya Rossiyaning 8 milliard dollardan ortiq aktivlarini blokladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlagan Shveysariya 7,5 milliard frank (hozirgi kurs bo‘yicha 8 milliard dollardan ortiq) qiymatidagi Rossiya holdinglarini blokladi. Bu haqda RIA Novosti Shveysariya Konfederatsiyasining Iqtisodiyot bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) vakili Ervin Bollinjerga asoslanib, xabar berdi.

“Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli 7,5 milliard frankga yaqin mablag‘lar bloklandi”, deydi Bollinjer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap bank hisob raqamlarida bloklangan mablag‘lar, shuningdek, Konfederatsiyaning to‘rtta kantonidagi ko‘chmas mulklar haqida bormoqda. 

Ma’lumot uchun, 24 mart kuni SECO mamlakatda 5,75 milliard frank miqdoridagi Rossiya mablag‘lari muzlatilganini ma’lum qildi. 3 aprel kuni esa mahalliy matbuotda rossiyaliklarga tegishli 10 ta uy va kvartira uchun blokada rejimi o‘rnatilgani haqidagi xabarlar sizib chiqdi va bu xabar rasman tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing