Shvetsiyalik olim Eronda qatl etiladi – OAV

Olam

image

Eron va Shvetsiya fuqarosi hisoblanadigan olim Ahmad Rizo Jaloliyni Eron sudi o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

U Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan. Chiqarilgan hukm joriy yilning 21 mayigacha ijro etiladi. 

Doktor va Stokgolmdagi Karolin instituti o‘qituvchisi Jaloliy 2016 yil aprelida Eronda hibsga olingan edi. U Isroil tashqi razvedka agentligi “Mossad” bilan hamkorlik va josuslik uchun o‘limga hukm qilingan. Olim shuningdek, eronlik yadro fiziklarining o‘limiga aloqadorlikda ham aybdor deb topilgandi.

Eron Oliy sudi 2017 yilda olimga tayinlangan o‘lim jazosini o‘z kuchida qoldirgan.

2018 yilda Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiya Jaloliyga o‘z fuqaroligini bergani haqida xabar qilgan edi. O‘sha vaqtda akademik Eron poytaxtida hibsda edi.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

598

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing