Shvetsiyada ilk bor Qur’onni yoqib yuborgan shaxs jazolandi
Olam
−
13 Oktabr 2023 13112 1 daqiqa
Shvetsiya tarixida birinchi marta sud Qur’onni yoqib yuborgan shaxsga hukm chiqardi. U etnik adovat qo‘zg‘ashda aybdor deb topilib, shartli qamoq jazosi va jarimaga tortildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Shvetsiya markazidagi Linkoping okrug sudi 27 yoshli yigitni etnik guruhga qarshi tashviqotda aybdor deb topgan.
Gap shundaki, 2020 yilning sentyabr oyida sudlanuvchi Linkoping sobori tashqarisida Qur’onni yoqib yuborayotgani aks etgan video olgan. Shundan so‘ng, erkak ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Shvetsiyada Qur’onni yoqib yuborish bo‘yicha birinchi marta sud hukm qildi. Ilgari Shvetsiya prokuraturasi bunday noroziliklarga qarshi ayblovlar qo‘ymagan va bu harakat so‘z erkinligi qonunchiligiga to‘g‘ri kelishini aytgan edi.
2023 yilning yozida Shvetsiya va Daniyada Qur’on bilan bog‘liq bir nechta ommaviy tadbirlar musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi va bir qancha musulmon davlatlarining diplomatik harakatlariga olib keldi.
Shundan so‘ng, Daniya va Shvetsiya hukumatlari Qur’onni yoqishni taqiqlashga qaror qildi.
Live
Barchasi