Shvetsiyada birinchi marta ayol kishi Bosh vazir etib tayinlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 noyabr kuni Shvetsiya Sotsial-demokratik mehnat partiyasi rahbari Magdalena Andersson Bosh vazir etib tayinlandi. U mamlakat tarixidagi birinchi ayol Bosh vazir. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Andersson nomzodi ma’qullanishi uchun kamida 175 deputat yoqlashi yoki betaraf qolishi kerak edi. Uning nomzodini yoqlab 117 nafar deputat ovoz bergan, 174 nafari qarshi chiqqan, 57 nafar deputat betaraf qolgan, bir deputat esa umuman yig‘ilishda qatnashmagan.

Qayd etish joizki, 2014 yilda Magdalena Andersson  Shvetsiya Moliya vaziri lavozimini egallab, hukumatda bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘lgan edi. Endilikda birinchi ayol Bosh vazir bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, noyabr oyi boshida Stefan Lyoven  Shvetsiya Bosh vaziri lavozimini tark etgandi. U 2012 yildan boshlab Shvetsiya Sotsial-demokratik partiyasini boshqargan va 2014 va 2018 yillarda partiyani ikkita saylovda g‘alaba qozonishiga sababchi bo‘lgan. Biroq, so‘nggi paytlarda partiya faoliyati ancha sustlashgan. Bu Shvetsiya fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalarida o‘z aksini topgan. Lyovenning ta’kidlashicha, 2022 yilgi saylovlar oldidan partiyaga yangi rahbar tayinlanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing