Shvetsiyada ham karantin joriy qilinishi mumkin

Olam

image

Shvetsiya Hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi ortidan mamlakat poytaxti Stokgolmda karantin joriy qilish masalasini ko‘rib chiqa boshladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Mamlakatning bosh epidemiologi Andres Tegnellning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda poytaxtda barcha yoshdagilar orasida koronavirusga chalinish holatlari sezilarli darajada ortib boryapti.

Hukumat virusning tarqalish tezligini pasaytirish uchun karantin choralari joriy qilish muhimligini ko‘rib chiqyapti. Tegnell ehtimoliy karantin choralari nimalardan iborat bo‘lishi haqida ma’lumot bermagan.

O‘z navbatida Stokgolm sog‘liqni saqlash departamenti rahbari Born Erikssonning ta’kidlashicha, bahor oylarida vaziyat yaxshilangan. Ammo hozir COVID-19 bilan kasallanish yana ortib boryapti. U poytaxt aholisini ijtimoiy masofaga amal qilishga chaqirib, virus yana kenga tarqala boshlaganinidan ogohlantirgan.

“Pandemiya hali davom etyapti va o‘zini hammasi tugagandek tutayotgan odamlar g‘azablantiryapti”, degan u.

Qayd etish kerakki, Shvetsiya pandemiya davrida bir kun ham karantin choralari joriy qilmadi. Shunga qaramay mamlakatda koronavirusga chalinish favqulodda tezlikda ortib ketmadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada 89 756 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 5876 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Shvetsiyada

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar