Shvetsiya Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketini ko‘paytirishni e’lon qildi

Olam

image

Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonson Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketi avvalgisidan 50 foizga ko‘p bo‘lishini aytdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Uning qayd etishicha, Kiyev uchun to‘qqizinchi yordam paketi bir necha hafta oldin hukumat tomonidan tasdiqlangan. Shvetsiya mudofaa departamenti rahbarining ta’kidlashicha, yordamning yangi qismi havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, boshqa turdagi havo mudofaasi uchun o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi.

"Bundan tashqari, qishga tayyorgarlik paketi kutilmoqda", deydi Yonson.

Noyabr oyida Shvetsiya Ukrainaga 287 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.

"Biz Ukrainani siyosiy, iqtisodiy va harbiy, jumladan, ilg‘or qurol tizimlarini topshirishni davom ettirgan holda imkon qadar tezroq qo‘llab-quvvatlash niyatidamiz", deb ta’kidlagan Yonson.

U 1 yanvardan Shvetsiya Yevropa Ittifoqiga raislik qila boshlaganini eslatib, Ukraina manfaatlarini himoya qilish Stokgolm uchun muhim vazifa bo‘lishini va’da qildi.

“Yaqin haftalarda Shvetsiya mudofaa sohasida qila oladigan eng yaxshi narsa bu Ukrainaga o‘zining mashhur “Archer” o‘ziyurar gaubitsalari, RBS-70 zenit-raketa tizimlari va artilleriya tizimlarimiz uchun ko‘proq snaryadlar bilan ta’minlashdir”, deb ta’kidlagan vazir.

Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, uning shved hamkasbi fevral oyi oxirida harbiy harakatlar boshlanganidan beri Ukrainaga kelgan mudofaa vazirligining 18-xorijiy rahbari bo‘ldi.

Noyabr oyi o‘rtalarida Shvetsiya parlamenti hukumatning joriy yilda Ukrainaga 3,0078 milliard kron (284 million dollardan ortiq) qiymatidagi harbiy texnika sovg‘a qilish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Gap havo hujumidan mudofaa tizimlari va ular uchun o‘q-dorilar, yo‘ltanlamas transport vositalari, qishki kiyim-kechak, shaxsiy himoya vositalari va chodirlar haqida bormoqda.

Avgust oyida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyevga yana ham ko‘proq qurol yetkazib berishni so‘rab Stokgolmga murojaat qilgan edi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing