Shvetsiya Erdo‘g‘anning so‘zini yerda qoldirdi. Kenesh Anqaraga qaytarilmaydi

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng,  neytral Chvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lishga qaror qildi. Ular may oyi o‘rtalarida o‘z arizalarini topshirishgan, biroq ayni vaqtda Turkiya (alyans a’zolaridan biri) muzokaralar boshlanishiga to‘sqinlik qilib, ularning alyansga kirishini tasdiqlashga rozi bo‘ladigan bir qator shartlarni qo‘ygan. Iyun oyi oxiriga qadar Shvetsiya va Finlyandiya Kurdiston ishchilar partiyasini terrorchi tashkilot deb tan olishi, shuningdek, Turkiya tomonidan terrorizmda yoki 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etishda ayblangan shaxslarni ekstraditsiya qilishlari kerak bo‘lgan kelishuvga erishildi. Ana shunday odamlardan biri “Today’s Zaman” muxolifat gazetasining sobiq bosh muharriri Bulent Keneshdir. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning shaxsan o‘zi uni ekstraditsiya qilishni talab qilgan.

19 dekabr kuni Shvetsiya Oliy sudi Turkiya hukumatining Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson va Rajab Toyib Erdo‘g‘an ishtirokida o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida tilga olingan jurnalist Bulent Keneshni ekstraditsiya qilish haqidagi so‘rovini rad etdi. Unda ikki davlat rahbarlari, xususan, Turkiya hukumati tomonidan terrorizmda yoki 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etishda ayblangan shaxslarni ekstraditsiya qilishni nazarda tutuvchi memorandumni muhokama qildi. 

“Shvetsiyada bir terror tashkilotining a’zosi bor, men ismini aytaman: Bulent Kenesh. Bu terrorchining Turkiyaga deportatsiyasi biz uchun katta ahamiyatga ega va biz, albatta, Shvetsiyaning (bu masalada) yanada nozikroq harakat qilishini istaymiz”, degan Erdo‘g‘an.

Shvetsiya sudi o‘z rad javobini Kenesh o‘z vataniga qaytarilsa, siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinishi haqida tahdid olgani bilan asosladi. Bundan tashqari, sud jurnalistning qochqin maqomiga ega ekanligiga e’tibor qaratdi, bu esa uning ekstraditsiyasini taqiqlash uchun asos bo‘lishi mumkin. 

Turkiya rasmiylarining iltimosini rad etish qarorini Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, bu kabi masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladigan oxirgi vakolat sud bo‘lgan. 

Bulent Keneshning “EUObserver” nashriga aytishicha, Shvetsiya rasmiylarining qarori u uchun kutilmagan bo‘lmagan.  

“Men har doim Shvetsiyaning qonun ustuvorligi tizimiga ishonganman. Men Shvetsiyaning NATOga kirishining tarixiy jarayonida islomiy-fashistik despotning shantajiga qaramay ham o‘zining demokratik va huquqiy tamoyillarini saqlab qolishda turib olganini ko‘rganimdan xursandman”, deydi jurnalist. 

Kenesh Erdo‘g‘ann aynan uning ekstraditsiyasini talab qilganini bema’nilik deb biladi.

“Men hech qanday siyosiy yoki zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etganim yo‘q. Men to‘ntarish tashkilotchisi ham va terrorchi ham emasman. Men shunchaki jurnalistman. Shunchaki inson huquqlarini himoya qilish sohasida jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs”, deydi Kenesh. 

Umuman olganda, “The Guardian” nashrining yozishicha, Turkiya Shvetsiyadan 73 kishini ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda. Ulardan kamida bittasi allaqachon Shvetsiya rasmiylari tomonidan ekstraditsiya qilingan. Turkiyaning Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, bu Anqara terrorchi tashkilot deb hisoblagan Kurdiston ishchilar partiyasi faoliyatiga aloqadorlikda ayblanib, olti yilu o‘n oyga sirtdan qamoq jazosiga hukm qilingan Mahmut Tatdir. 2015 yilda Mahmut Tat Shvetsiyadan siyosiy boshpana so‘ragan, biroq rad javobi berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing