Shvarsenegger BMT sammiti oldidan dunyo liderlarini tanqid qildi 

Madaniyat-san’at

image

“Terminator” filmidagi roli bilan dunyoga mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor Arnold Shvarsenegger iqlim o‘zgarishiga qarshi yetarlicha kurashmayotgan jahonning yirik davlatlari rahbarlarini tanqid qildi. Bu haqda “Life” jurnali yozmoqda.
 
Qayd etilishicha, ertaga, 1 noyabr kuni Glazgoda boshlanadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi oldidan Shvarsenegger bilan suhbat bo‘lib o‘tgan. 

Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold BBC’ga bergan intervyusida global havo haroratining ko‘tarilish muammosini iqtisodiy tomonlarini da’vo qilib, muhokama qilishdan qochayotgan davlat rahbarlarini ahmoq va yolg‘onchi deb atagan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ham atrof-muhit, ham iqtisodiyot manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilish mumkin.

“Buni qilish uchun shunchaki jasoratli bo‘lish kerak”, deydi Shvarsenegger.

Sobiq gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, Tinch okeanidagi yirik shtat – Kaliforniya issiqxona gazlari chiqindilarini 25 foizga kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan va 1990 yilgi darajaga qaytgan. Shu bilan birga, amerikalik aktyorning ta’kidlashicha, Kaliforniya AQSHdagi eng katta YAIMga ega – 3,3 trillion dollar.

Shvarsenegger global kapitalizmning halokatli oqibatlari haqidagi o‘z pozitsiyasi bo‘yicha savolga ham javob bergan.

“Agar uni oqilona hal qila olsangiz, global kapitalizmga ega bo‘lishingiz mumkin. Dunyodagi eng yaxshi iqtisodga ega bo‘lishingiz mumkin, ammo odamlar o‘ladigan bo‘lsa, unda bundan ma’no yo‘q”, deya xulosa qildi Kaliforniyaning sobiq rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing