Shukrki, kasallik erta bosqichda aniqlandi – Sunak Qirolning saratonga chalingani haqida

Olam

image

Shifokorlar Buyuk Britaniya qiroli Charlz III da saraton kasalligini erta bosqichda aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Rishi Sunak BBC’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Hamma kabi men ham [monarxning kasalligi] haqidagi xabardan hayratda qoldim va juda xafa bo‘ldim, hozir esa mening xayolim u va oilasida. Yaxshiyamki, kasallik erta bosqichda aniqlandi”, deydi hukumat rahbari.  

Rishi Sunak qirol to‘liq tuzalib ketishiga umid qilishini bildirgan. 

“Albatta, men u bilan muntazam ravishda bog‘lanib turaman va biz odatdagidek muloqot qilishda davom etamiz”, deydi u. 

Bukingem saroyi avvalroq ta’kidlaganidek, shifokorlar qirolga ambulator davolanish vaqtida davlat vazifalarini bajarishdan voz kechishni tavsiya qilgan bo‘lsa-da, u davlat ishlari bilan shug‘ullanishda va qog‘ozlar bilan ishlashda davom etadi. Monarxning rasmiy vazifalariga parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolash kiradi. Charlz III qirollik imzosi talab qilinadigan hujjatlarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi a’zolaridan hisobotlarni har kuni ertalab qizil portfelda oladi. 

Bundan tashqari, qirol har hafta Bosh vazirni Bukingem saroyida qabul qilib, mamlakat va dunyodagi eng muhim voqealarni muhokama qiladi. Britaniya matbuoti xabarlariga ko‘ra, bunday uchrashuvlar avvalgidek bo‘lib o‘tadi, biroq Sunak BBC’ga bu ma’lumotni tasdiqlashdan bosh tortdi va faqat monarx bilan muntazam aloqa qilishda davom etishini takrorladi. 

Bukingem saroyi shifokorlar Charlz III da saratonning qaysi turini aniqlaganiga aniqlik kiritmagan, vaholanki, Britaniya ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, gap prostata saratoni haqida ketmayapti, uning kattalashishi tufayli o‘tgan oyda qirol shifoxonaga yotqizilgan va prostata bezida operatsiya qilingan. Jarayon davomida shifokorlar tashvishning yana bir sababini aniqlagan va testlar monarxning saraton kasalligiga chalinganini tasdiqlagan. Charlz III allaqachon davolanish kursini boshlagan, u ambulatoriya sharoitida o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing