“Shtrafnoy”dan chiqarishga 1200 “ko‘ki”ni olgandi...

Jamiyat

image

Korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyatning eng og‘riqli muammolaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, bu muammo bilan kurashish o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Bu illatni ildizi bilan yo‘q qilib tashlamaguncha, hech qanday taraqqiyot bo‘lmaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Samarqandda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijalariga ko‘ra qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda mahkama jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro M.A. fuqaro J.X.ning spirtli ichimlik iste’mol qilib avtomashina boshqargani uchun YXHB tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan "Damas" rusumli avtomashinasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali jarima maydonchasidan chiqarib berish va hujjatlarni sudga o‘tkazmasdan ijobiy hal qilib berish evaziga 1 ming 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Bildirilishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqandda jarima maydonchasidan

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar