Shtaynmayer Putinga: “Azob-uqubat va vayrongarchilikni to‘xtating”
Olam
−
26 may 2022
11134Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Rossiya Federatssiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadan qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqishga chaqirdi. Shtaynmayer kecha, 25 may kuni Shtutgartda nemis katoliklari kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida Putindan Ukraina suverenitetiga hurmat ko‘rsatish va kurashni to‘xtatishni so‘ragan. Bu haqda DW xabar berdi.
"Janob Putin, Ukrainadagi azob-uqubat va vayronagarchilikni to‘xtating! Qo‘shinlaringizni olib chiqib keting! Prezident Zelenskiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va jiddiy muzokaralardan bosh tortmang!", deya murojaat qilgan u Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga.
Shtaynmayer, shuningdek, Rossiya Ukraina portlarida millionlab tonna g‘alla eksportini to‘sib qo‘ygani sababli uning jahondagi narxi keskin oshgani, dunyoning ko‘plab mintaqalari, ayniqsa Sharqiy va Janubiy Afrika, yaqin oylarda, ochlik va o‘lim xavfi ostida qolayotganidan ogohlantirdi.
Shu bilan birga, Germaniya Prezidenti “Putin urushining oqibatlari koronavirus pandemiyasidan hali tuzalmagan davlatlar va iqlim inqirozi tufayli tuproqlari qurib, taqir bo‘lib borayotgan hududlarga ta’sir qilishi”ni ta’kidladi.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi