Shtaynmayer ikkinchi marta Germaniya Prezident etib saylandi

Olam

image

Bugun, 13 fevral kuni Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ikkinchi muddatga Prezident etib saylandi. Bu haqda Federal yig‘ilishda raislik qilgan bundestag spikeri Berbel Bas ma’lum qildi.

GFR Federal yig‘ilishi mamlakat Prezidentini saylash uchun chaqiriladigan maxsus konstitutsiyaviy organ hisoblanadi. Unga Bundestag deputatlari va Germaniya mintaqa parlamentlari tayinlaydigan vakillar kiradi.

Shtaynmayer nomzodini yoqlab 1435 saylovchidan 1045 nafari ovoz bergan. Yig‘ilishning 86 a’zosi betaraf qolgan. Yana 294 kishi boshqa nomzodlarga ovoz bergan. Prezidentlik uchun Shtaynmayerdan tashqari yana uch kishi o‘z nomzodini ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, 66 yoshli Frank-Valter Shtaynmayer 2017 yil 19 martidan buyon Germaniya Prezidenti lavozimni egallab kelmoqda. O‘shanda siyosatchi Yoaxim Gaukning o‘rnini egallagandi.

Germaniyaning 40 yoshga yetgan va saylanish huquqiga ega har bir fuqarosi mamlakat Prezidenti bo‘lishi mumkin. Prezident 5 yilga saylanadi, bu lavozimga faqat bir marta qayta saylanish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing