Shtab a’zosi: “O‘zbekistonda salkam 4 ming nafar bola koronavirusga chalingan”
Jamiyat
−
28 avgust 2020
7395O‘zbekistonda ayni vaqtgacha koronavirusni yuqitib olganlar soni 40 mingdan oshdi. Kasallanganlar ichida sog‘ayganlar ham sezilarli darajada yuqori.
Mana shu 40 mingdan ortiq bemorlarning salkam 5 fozini 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.
“Respublika bo‘yicha bugungi kunga qadar 89 755 nafar bola karantinga olingan bo‘lib, ularning orasida COVID-19 aniqlanganlar 3932 nafarni (4,3 foiz) tashkil qilmoqda”, dedi Barno Abdusamatova.
Shtab a’zosining so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 aniqlanganlar orasida yoshi bo‘yicha tahlil qilganida:
• 1 yoshgacha 190 nafarni (4,8 foiz);
• 3 yoshgacha bolalar 683 (17,4 foiz) nafarni;
• 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar 934 (23,8 foiz) nafarni;
• 7-18 yoshgacha bolalar 2125 (54 foiz) nafarida kasallik aniqlangan.
Yoshlar o‘rtasida 3932 nafar kasallanganlar bo‘lsa, jami sog‘ayganlar 3293 nafarni (83.7 foiz) tashkil qilgan. Ayni vaqtda davolanayotganlar 639 nafarni (16,3 foiz) tashkil etmoqda. Hozirgi kunga qadar bolalar orasida kasallikning o‘ta og‘ir kechishi va o‘lim holati kuzatilmagan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi