“SHOVOTLANDIA” ishi: Sud umrbod qamoq jazosini o‘zgarishsiz qoldirdi
3-sahifa
−
21 Oktabr 2022
19458Avvalroq, 2021 yil 26 fevraldan 27 fevralga o‘tar kechasi Toshkentning Chilonzor tumanidagi “SHOVOTLANDIA” kafesida sodir etilgan yong‘in va uning oqibatida 5 kishi vafot etishida aybdor deb topilgan F.Sayfiyev va R.Abdurahimovning oila a’zolari Toshkent shahar sudiga apellyatsiya arizasini kiritgani, joriy yilning 3 fevral kuni ushbu murojaat asosida ilk apellyatsiya sudi o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.
Qariyb 7 oy davom etgan apellyatsiya sudini raislik qiluvchi Rajabov, hay’at a’zosi Muso Yusupov va ma’ruzachi sudya G‘ofur Omonov ko‘rib chiqdi. Bugun, 21 oktyabr kuni sud apellyatsiya shikoyatini ko‘rishni yakunlab, yakuniy qarorini e’lon qildi.
Apellyatsiya instansiyasi ishni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 497-13, 497-17, 497-25, 497-26-moddalari bilan ajrim qildi. Unga ko‘ra, birinchi instansiya sudi qarori o‘zgarishsiz qoldirildi va shikoyat qanoatlantirilmadi.
Ajrimdan norozi taraflar Jinoyat-protsessual kodeksining 497-36-moddasi tartibida Oliy sudga kassatsiya tartibida shikoyat kiritishga yoki protest kiritishga haqli ekanini ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ishni ko‘rgan birinchi instansiya – Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi sudyasi Z.Bobonov quyidagicha hukm chiqargan edi.
Unga ko‘ra, yong‘inga sababchi sifatida gumon qilingan 36 yoshli Rustam Abdurahimovga Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a, v, d, j, p” bandlari (qasddan odam o‘ldirish), 165-moddasining 1-qismi (tovlamachilik), 173-moddasi 2-qismining “b, v” bandlarida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga JKning 59-moddasi 4-qismi tartibida tayinlangan yengilroq jazolarni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplash orqali uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, 26 yoshli sudlanuvchi Fazliddin Sayfiyev Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a, v, d, j, p” bandlari (Qasddan odam o‘ldirish), 173-moddasi 2-qismining “b, v” bandlarida (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismi tartibida tayinlangan yengilroq jazolarni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplash orqali uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi