“Shotlandiyalik” kompaniyalar firibgarlik sxemasi bilan O‘zbekistonda ishlamoqda – “openDemocracy”

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya O‘zbekistondagi “Shotlandiya” kompaniyalaridan xavotirda. Bu haqda “openDemocracy” surishtiruv ishida so‘z boradi.

Maqolada 2020 yil kuzida Jahon banki tomonidan uch yil muddatga qora ro‘yxatga kiritilgan “NovoLine Resources” kompaniyasi misol qilib keltirilgan.

“NovoLine Resources” O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining anesteziologik va respirator uskunalarni yetkazib berish tanlovida yutib chiqqandi. Shundan so‘ng xaridlarni moliyalashtirgan Jahon bankining aniqlashicha, kompaniya qalbaki hujjatlar, jumladan, soxta moliyaviy hisobotlarni taqdim etgan.

“Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar xorijda noqonuniy maqsadlarda foydalanilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar tobora ko‘paymoqda”, deydi shotlandiyalik deputat Elison Tyuliss.

Uning fikricha, hukumat bu masalani hal qilishi kerak, chunki gap Buyuk Britaniyaning xususiy biznesni yuritish borasidagi obro‘si to‘g‘risida ketmoqda.

Maqola mualliflarining yozishicha, “NovoLine Resources” aslida kimga tegishli ekani yoki Jahon banki moliyalashtirgan shartnomalardan daromadni kim qo‘lga kiritganini aniqlashning imkoni yo‘q. Firmaning na sayti, na telefon raqami va na elektron pochta manzili bor. Kompaniya Edinburgdagi binoda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, u yerda itlarni parvarishlar biznesi ish olib bormoqda.

Maqolada qayd etilishicha, ikki yil oldin boshqa bir xalqaro tashkilot – BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonda firibgarlik sxemalarini amalga oshirgan to‘rtta “shotland” firmasiga sanksiya qo‘llagan. “NovoLine Resources” kabi ularning barchasi mas’uliyati cheklangan sheriklik yoki SLP hisoblanadi. Bu kabi korxonalarni internetda 1000 yevroga xarid qilish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

404

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing