Shotlandiyada o‘g‘il bola o‘quvchilar va erkak o‘qituvchilar yubka kiyishga majburlandi

Olam

image

Shotlandiya maktablarining birida boshlang‘ich sinfda tahsil oladigan o‘g‘il bola o‘quvchilar, shuningdek erkak o‘qituvchilar “tenglik”ni ta’minlash uchun yubka kiyishga majburlandi. Bu haqda “Daily Mail” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, Edinburgda joylashgan ta’lim muassasasi Ispaniyada har 4 noyabrda o‘tkaziladigan  “Maktab uchun yubka kiy” kampaniyasini boshlashga qaror qilgan. Shu sababli o‘g‘il bolalar va erkak o‘qituvchilar yubka kiyishga jalb etilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, “qulaylik” uchun o‘g‘il bolalarga yubka ostidan shim yoki leggins kiyishga ruxsat berilgan. 

Maktab o‘qituvchilarning aytishicha, ular kiyim jins tanlamasligini va hamma teng huquqli ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lishgan.

Shahar hukumatining ta’kidlashicha, agarda o‘quvchilar ushbu kampaniyada qatnashishni xohlamasa, qatnashmasliklari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

751

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing