Shoshiling! Aviatsiya universiteti 50 nafar abituriyentni o‘qishga IMTIHONSIZ qabul qiladi

Biznes

image

Abituriyentlar diqqatiga! Havo kemalarini boshqarish bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tayyorlash borasida dunyoda ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan Xarkov Milliy aviatsiya universiteti yigit-qizlarni hech qanday IMTIHONSIZ OTM talabasi bo‘lishga taklif etadi. 

Tez orada O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi. Biroq, hujjat topshirgan 1,2 million abituriyentning 102 ming 400 nafari, ya’ni bor-yo‘g‘i 10%i talabalikka qabul qilinadi. Qolganlar-chi, qolganlar ko‘zini yoshlab qolib ketaveradimi? Yo‘q, albatta! Bordi-yu talaba bo‘la olmadingiz. Xo‘sh, nima qilasiz? Ko‘z-yosh qilishga vaqt yo‘q. Ukraina Respublikasining rasmiy maqomga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari o‘zbekistonlik abituriyentlarga imtihon, test kabi ortiqcha yugur-yugurlar va hech qanday sinovlarsiz talaba bo‘lish imkonini bermoqda. Bunday VIP imkoniyat esa hamma vaqt ham bo‘lavermasligi aniq.

Gap shundaki, siz hoziroq 8 yildan buyon Toshkent-Kiyev o‘rtasida ta’lim borasida aloqalarni bog‘lab, mingdan ortiq o‘zbekistonlik yigit-qizlarning Ukrainada o‘qishlarini ta’minlayotgan “Inside-A” ta’lim markazi bilan bog‘lanishingiz, shu soatlarning o‘zidayoq o‘zingizni talabadek his qilishingiz mumkin. 

“Inside-A” Ukrainadagi quyidagi OTMlarga yo‘llanma beradi: 

1. Xarkov Milliy aviatsiya universiteti
2.V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti
3.Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universiteti
4. Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti
5. Xarkov Milliy politexnika universiteti
6. S. Kuznets nomidagi Xarkov Milliy Iqtisodiyot universiteti
7. Xarkov milliy tibbiyot universiteti
8. Xarkov davlat boshqaruvi akademiyasi 

Xo‘sh, nega gapni Xarkov Milliy aviatsiya universitetidan boshladik? Boisi bu taklif nafaqat OTMga hujjat topshirganlar, balki hali hujjat topshirmaganlarni ham qiziqtirishi aniq. Ma’lumki, O‘zbekistonda aviatsiya universiteti, umuman olganda, aviatsiya sohasida mutaxassislar, ayniqsa, uchuvchilar tayyorlaydigan OTM yo‘q. Shu yo‘nalishni tanlagan ko‘pchilik orzusi bo‘lgan sohani egallashda qiyinchiliklarga duch keladi. Qaysi mamlakatga borib, ta’lim olishni bilmaydi. 

O‘tgan asrning 30-yillarida tashkil etilgan Xarkov Milliy aviatsiya universitetida bugungi kunga kelib 9500 dan ortiq turli mamlakatlardan kelgan yigit-qizlar 10 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda. Mazkur OTMda bugungi kunga kelib 20 nafar o‘zbekistonlik talaba o‘qiydi. Ularning barchasi “Inside-A” ta’lim markazi orqali talaba bo‘lgan. 

 

Yuqoridagi video qahramonlari navoiylik Eldor Ebotov, toshkentlik Nizomiddin Xayriddinov, namanganlik Saddamali Rahimov, samarqandlik Ulug‘bek To‘rayev ham aynan 2018-2019 o‘quv yilida talaba bo‘lib, Ukrainaga yo‘l olgandilar. Bugun ular orasida rus tilini bilmaydiganlar allaqachon tilni o‘rgandi. Oz-moz inglizchada suhbatlasha oladiganlar, endi inglizchani suvdek biladi. Eng muhimi, ular oradan yana 3 yil o‘tib, o‘zlari orzu qilgan kasb egasi bo‘lib yetishadilar. OTM taqdim etgan diplom esa dunyoning barcha mamlakatlarida amal qiladi. 

Ular ham bundan bir yil avval tasodif va qat’iy qaror bilan “Inside-A”ni tanlagan edilar va adashmadilar.

“Inside-A” ta’lim markazi oldidagi asosiy vazifalar:

•    Ukrainada oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlarga hujjatlarni topshirishda ko‘maklashish;
•    ta’lim uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
•    samolyot chiptalari bilan ta’minlash;
•    talabani OTMni bitirgunga qadar yashash joyi bilan ta’minlash;
•    o‘quv jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ehtimolli muammolarni bartaraf etish.

Oliy ta’lim muassalarida ta’lim eng kamida 4 yil, ko‘pi bilan 6 yilgacha. O‘qishni bitirganlarga mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro diplom beriladi. Ta’lim tizimi ikki semestrga bo‘lingan. O‘zbekistonlik talabalar xohish va istaklariga ko‘ra, o‘qishlarini O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirishlari ham mumkin. 



Abituriyentlar Ukrainaga borganidan so‘ng, birinchi haftaning o‘zidayoq doimiy yotoqxona bilan ta’minlanadi. Ota-onalar uchun O‘zbekistondan turib, farzandlari darslarga qatnayotganini kuzatish, davomatni elektron nazorat qilib borish, o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholaridan boxabar bo‘lish imkoniyati yaratilgan.
 
Rus tilini bilmaganlar uchun qo‘shimcha bepul kurslar mavjud.
 
OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
 
•  Fuqarolik pasporti nusxasi
•  Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi
•  Maktab yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi
 
Shoshiling, o‘rinlar soni chegaralangan. Imtihonsiz talaba bo‘ling!
 

Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 1-A uy
Metroning Habib Abdullayev
Mo‘ljal: Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi
 
Telefonlar:
+998977223010, +998974223010, +998974333010

Batafsil ma’lumot uchun:
 
Telegram: @inside-a info

Facebook: inside_a_study

Instagram: @inside_a_study

Sayt: insidea.info
 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing