Shoshilinch axborot! 9 ta hududda sel xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
04 mart 2022
36772Joriy yilning 5-9 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati xabar berdi.
“O‘zgidromet”ga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel kelishi mumkin:
• Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida;
• Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq, Piskent, Bekobod tumanlarida;
• Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
• Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilinadi.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15