O‘zgidromet 9 ta hududda sel xavfini e’lon qildi
Jamiyat
−
10 mart 2022
8158Joriy yilning 11-15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati markazi xabar berdi.
“O‘zgidromet”ga ko‘ra, tog‘oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyot choralarini ko‘rish kerak.
Quyidagi hududlarda sel kelishi mumkin:
• Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson, tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida;
• Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarobod tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq, Piskent tumanlarida;
• Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
• Andijon viloyati: Andijon, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi.
LiveBarchasi