Navoiyda oltin izlovchilar “o‘ljasi” bilan qo‘lga olindi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
13835Navoiy viloyatida yashovchi ikki shovvoz eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan toshlarni qazib olayotgan paytda qo‘lga olindi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ularda jami 230 mln so‘mlik oltin borligi aniqlangan.
Viloyatining Uchquduq tumanida joylashgan “Aygul-partiya” deb nomlangan eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan toshlarni noqonuniy yo‘l bilan qazib olayotgan Xatirchi tumanida yashovchi fuqarolar T.J. va Sh.M. qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, fuqaro T.J.o‘zining boshqaruvidagi davlat raqami 85 J 126 BA bo‘lgan Ford rusumli avtomashinasida 17 ta qopga joylangan 1264 kg og‘irlikdagi tarkibida oltin zarralari bo‘lgan mayda toshlarni, fuqaro Sh.M. esa o‘zining boshqaruvidagi davlat raqami 85 S 684 SA bo‘lgan Ford rusumli avtomashinasida 33 ta qopga joylangan 1654 kg og‘irlikdagi toshlarni olib chiqib ketayotganida to‘xtatib qolingan. Ularga xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mutaxassislar tomonidan tekshirib ko‘rilganda fuqaro T.J. tomonidan o‘zlashtirilgan 1264 kg og‘irlikdagi toshlardan 148 gr (89 000 000 so‘m) miqdordagi oltin moddasi borligi, sherigi Sh.M.dan olingan 1654 kg og‘irlikdagi toshlardan esa 234 gr (141 000 000 so‘m) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlangan.
Sodir etilgan holat yuzasidan hozirgi kunda Novoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirda 1 gr oltinning narxi 604 863,5 so‘m etib belgilangan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi