Shomurodovning o‘yini necha bahoga loyiq ko‘rildi?

Sport

image

Italiya A Seriyasining 12-turida "Roma" safarda "Verona" bilan kuch sinashib, 1:3 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov bahsning 83-daqiqasida maydonga tushirildi.

Birinchi bo‘limda bir futbolchi kam bo‘lib qolgan "Verona" deyarli o‘yin yakunigacha yaxshi himoyalandi. Biroq, 88-daqiqada Kristian Volpato tomonidan kiritilgan gol o‘yin tizginini mehmonlar tomoniga og‘dirib yubordi. 90+2ʼ daqiqada Stefan El-Shaaravining goli o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

O‘yin yakunlangach, Italiya futboliga ixtisoslashgan pagineromaniste.com sayti futbolchilarning harakatlarini baholab chiqdi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning xatti-harakatlari  6 ballga loyiq deb topildi.

Ma’lumot uchun, "Verona"ga qarshi bahsda "bo‘rilar" safidan eng yuqori bahoni Volpato olgan. 18 yoshli avstraliyalik futbolchining o‘yini 8 ballga baholandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made