Shomurodovni sotib olayotgan “Jenoa”ning 15 nafar vakilida koronavirus aniqlandi

Sport

image

Italiyaning "Jenoa" futbol klubining 15 nafar vakili koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bergan. 

Klub a’zolari koronavirusga test topshirganda 11 futbolchi va 4 nafar boshqa xodimda natijalar musbat bo‘lgan.

Ikki turdan so‘ng "Jenoa" uch ochkoni qo‘lga kiritgan va Italiya chempionati jadvalida 13 o‘rinda bormoqda. Keyingi turda klub 3 oktyabr kuni "Torino" ni qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov “Jenoa”ga o‘tishga yaqin turibdi. Klub sport direktori Daniele Fajiano Shomurodovning transferini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing